» » Chelyabinskning olti korxonasi O‘zbekiston energetika sohasi uchun “yashil” texnologiyalar yuboradi

Chelyabinskning olti korxonasi O‘zbekiston energetika sohasi uchun “yashil” texnologiyalar yuboradi


29-mart kuni Janubiy Ural savdo-sanoat palatasiga tashrifi doirasida Namangan viloyati va Janubiy Ural tadbirkorlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Uchrashuvda Janubiy Uraldagi turli sohalarda faoliyat yurituvchi 50 dan ziyod kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Janubiy Ural savdo-sanoat palatasi Fyodor Degtyarev muzokaralar doirasida Rossiya traktorlarini O‘zbekistonda yig‘ishni yo‘lga qo‘yish, Toshkent aeroportiga radio-navigatsiya jihozlari yetkazib berish masalalari ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasining energetika sohasiga “yashil” texnologiyalarni yuborish bo‘yicha murojaatiga Chelyabinsk viloyatidagi olti korxona tomonidan javob berilgan.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatning sifatli tikuv hamda meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Mazkur mahsulotlar namunalari muzokaralar doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada namoyish etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston avtomobilsozlik va metallurgiya sohasida ham qo‘shma korxonalar tashkil etishga qiziqish bildirayotgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Ravshanbek Matchanov ikkitomonlama munosabatlarning yana bir istiqbolli yo‘nalishi turizm ekanligini qayd etdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi “Churilovo” agromajmuasi, Chelyabinsk truboprokat zavodining “Visota 239” quvurlarni elektr payvandlash sexi va“ETERNO” MChJda bo‘ldi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют