» » Toshkentda tez tibbiy yordam shifokorlari kaltaklandi

Toshkentda tez tibbiy yordam shifokorlari kaltaklandi


Toshkentda “Tez yordam” shifokorlariga qilingan tajovuzga qonuniy chora ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

25-sentabr kuni Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi A.A. qo‘shnisining ahvoli og‘irlashgani haqida bilganidan so‘ng tez yordam chaqirgan. Tez yordam brigadasi aytilgan manzilga soat 22:18 da yetib borgan.

Shifokor Q.S. va feldsher M.O. bemorni ko‘rikdan o‘tkazganlarida u vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Biroq bemorning yaqinlari shifokorlardan unga reanimatsiya yordamini ko‘rsatishni talab qilishgan. Shifokorlar ularga bu foydasiz ekanini tushuntirishiga qaramasdan, bemorning yaqinlari tibbiyot xodimlariga tahdid qilib, tan jarohati yetkazgan. Natijada M.O. tan jarohati olib, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga borgan va u yerda feldsherga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokuraturasi tergovchisi va tergov tezkor guruhi yetib kelgan.Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, shu kunning o‘zida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali Yashnobod tuman punkti tanatalogiya bo‘limining 26-sentabr kunidagi xulosasiga ko‘ra, A.A.ning o‘limiga o‘tkir nafas va yurak qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pkalar shishi hamda noma’lum etiologiyali zaharlanish sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Farg‘onada shunga o‘xshash holat sodir bo‘lgandi. Unda tez yordam kelgunicha vafot etgan 70 yoshli otaxonning nevarasi shifokorni urgandi.

Mavzuga doir: Samarqandda yana tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют