» » “Toshshahartransxizmat” paxta mavsumiga avtobuslarni jalb etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

“Toshshahartransxizmat” paxta mavsumiga avtobuslarni jalb etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda korxona tarkibidagi avtosaroylar avtobuslarining paxta mavsumiga jalb qilinayotgani natijasida yo‘nalishlarda transport yetishmay qolayotgani, tirbandliklar yuzaga kelayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Avtobus saroylariga biriktirilgan yo‘nalishlarning avtobuslari tasdiqlangan hujjat asosida shanba va yakshanbada ish kunlariga nisbatan yo‘lga kam chiqariladi. Avtobuslar kelib tushgan buyurtmaga asosan 2019-yilning 28-sentabrida xizmat ko‘rsatish uchun ajratildi va shu kunning o‘zida korxonalarga qaytib, yakshanba hamda dushanbada jadval bo‘yicha yo‘nalishlarga chiqarildi.

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati

Mavzuga doir: “Toshkentda bugun eng haqiqiy transport inqirozi yuz berdi”. Poytaxtda avtobuslar qatnovida “mislsiz katta” uzilishlar yuz bergani ma’lum qilindi

Kompaniya yo‘lovchilar, ijtimoiy tarmoq vakillaridan jamoat transporti, ayniqsa avtobuslar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, turli asossiz ma’lumotlarga tayanmaslikni, jamiyatga murojaat qilib vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ragan.

Avvalroq “Toshshahatransxizmat” kompaniyasi 15-sentabr kuni Toshkent shahar jamoat transporti qatnovlarida yuz bergan uzilishlar yuzasidan izoh bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют