» » Chelyabinsk viloyati ta’lim va ilm-fan vaziri Namangan oliygohlari rektorlari bilan muzokaralar olib bordi

Chelyabinsk viloyati ta’lim va ilm-fan vaziri Namangan oliygohlari rektorlari bilan muzokaralar olib bordi


Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati ta’lim va ilm-fan vaziri Aleksandr Kuznetsov Namangan davlat universiteti rektori Abdusalom Umarov hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Suhbatda Rossiya va O‘zbekiston ta’lim tizimlaridagi o‘ziga xos jihatlar muhokama qilinib, ikki viloyatning ilm-fan va innovatsiya borasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi iqtisodiyotning amaliy masalalarini birgalikda hal qilish bo‘yicha yaqin hamkorlik olib borish, ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar tarkibi almashinuvi, hamkorlikda yosh olimlar va talabalarning ilmiy-amaliy anjumanlarini o‘tkazishga qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati rektorlik korpusining rasmiy tashrifi Janubiy Ural oliygohlarida davom etib, ta’lim va ilm-fan sohalarida hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют