» » Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi dasturi ma’lum bo‘ldi

Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi dasturi ma’lum bo‘ldi


1—3-oktabr kunlari Rossiya federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Senat axborot xizmati.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning federal majlis federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya federal majlisi federatsiya kengashi hamkorligi bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston—Rossiya va Rossiya—O‘zbekiston ishbilarmon doiralari kengashlarining majlisi, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya federatsiyasi federal majlisi federatsiya kengashi devoni tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют