» » Toshkentda talonchilar uy egasini urib, telefonini o‘marib ketdi

Toshkentda talonchilar uy egasini urib, telefonini o‘marib ketdi


Toshkentning Yunusobod tumanida uch nafar noma’lum shaxs talonchilik sodir etdi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Voqea 15-sentabr kuni soat 00:30 da sodir bo‘lgan. Talonchilar turar-joy binosining devoridan oshib o‘tib, yotoqxonadagi stol ustidan narxi 1 milliom so‘m bo‘lgan ikkita mobil telefonini o‘g‘irlagan.

O‘g‘rilar uyni tark etmoqchi bo‘lganlarida uyning egasi 55 yoshli K.Hakim uyg‘onib ketib, ularni qo‘lga olishga uringan. Noma’lum shaxslar uni urib, voqea joyini qochgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi sifatida 30 yoshli B.Sarvar, 34 yoshli U.Xurshid va 38 yoshli U.Alijon qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Agar uyingizda noma’lum shaxslar borligini payqagan bo‘lsangiz, ular bilan bahslashib o‘tirmang. Ularga o‘zingizni sezdirmaslikka harakat qiling va darhol 102 raqamiga turar joyingiz va muammoyingizni ma’lum qiling. Bu kabi hollarda ichki ishlar organlari xodimlari muammoning eng afzal yechimidir”, — deyiladi IIBB xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют