» » Senator Tolibjon Madumarov hokim Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq holat birinchisi emasligini eslatdi

Senator Tolibjon Madumarov hokim Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq holat birinchisi emasligini eslatdi


Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasining 30-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Senator Tolibjon Madumarov avval ham Shuhrat G‘aniyev haqida tarmoqlarda gap-so‘zlar tarqalganini eslatdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

“Shuhrat Madaminovichning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaplari senator sifatida ham, hudud rahbari sifatida ham taqsinga loyiq emas, qoralaydigan ish. Bundan avval ham Shuhrat Madaminovich haqida tarmoqlarda gap-so‘zlar chiqqan. Toshloq yoki Rishtonda bo‘lib o‘tgan voqealar rahbarga ibrat bo‘lishi kerak edi”, — dedi senator.

Madumarov hokimning muhokamalarga sabab bo‘lgan gaplarini maqullamasligini bildirdi va Senat raisidan Shuhrat G‘aniyevga nisbatan chora ko‘rishni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev 2018-yili Aqto‘beda yuz bergan fojia va uning oqibatlari muhokamasiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi o‘tkazgan va yig‘ilish davomida Toshloq tumani aholisini “haromi” deb atab, ularning Hajga borishini taqiqlagandi. 2019-yil 2-avgust kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda Shavkat Mirziyoyev “snos”lar masalasiga alohida to‘xtalib, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hokimlari bilan birga Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ishlarini “xiyonat” deb baholadi. Prezident O‘zbekistonni butun dunyoga sharmanda qilayotgan viloyat hokimlariga chora ko‘rishni bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga topshirgan edi. Yakunda ushbu viloyat rahbarlari ishonchni oqlashi uchun yil oxirigacha imkon berilgan edi.

Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgandi. Ushbu masalaga bag‘ishlangan komissiya yig‘ilishida so‘z olgan senator Tolibjon Madumarovning aytishicha, rahbar gapidan xalqqa va o‘ziga qanday naf keltirishini o‘ylashi kerak.

Yig‘ilish so‘ngida Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi hokim G‘aniyevni qattiq ogohlantirdi va 3 oy sinov muddati berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют