» » Acibadem Altunizade – Istanbuldagi yangi avlod klinikasi

Acibadem Altunizade – Istanbuldagi yangi avlod klinikasi


Acibadem xalqaro tibbiyot tarmog‘i dunyoning 5 mamlakatida 22 ta klinika va 17 ta ambulator tibbiy markazlardan iborat bo‘lib, u sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va jahon darajasidagi yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda. Kompaniyaning yangi Acibadem Altunizade klinikasi 2017-yilning mart oyida o‘z eshiklarini ochdi. Bugun u Turkiyadagi eng zamonaviy tibbiy muassasasi bo‘lib, noyob infratuzilma, zamonaviy texnologiyalar, yuqori malakali shifokorlar jamoasi va tibbiyotning barcha yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.

Turkiyaning eng yirik klinikasi

Acibadem Altunizade yangi klinikasining umumiy maydoni 98 ming kvadrat metrga teng – u nafaqat Istanbul, balki butun Turkiyadagi eng katta tibbiyot muassasasidir.

Unda 442 o‘rin bor, jumladan, 134 ta bir o‘rinli palata, 18 ta yuqori qulaylikka ega palata (suit room) va 4 ta VIP-palata (king room), 74 ta intensiv terapiya palatasi, 32 ta tez yordam palatasi va shuncha miqdorda ko‘p sohali jarrohlik amaliyotidan keyingi palata, 5 ta tug‘uruq xonasi, 13 ta angiografiya palatasi, 39 ta kimyo terapiyasi palatasi, 24 ta bolalar va kattalardan suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish palatasi, 6 ta Gamma Knife palatasi, 6 ta endoskopiya jarrohligi palatasi, 2 ta yodoterapiya xonasi.

Klinikada 14 ta jarrohlik, jumladan, gibridli jarrohlik zali bor. Ular eng so‘nggi texnika bilan jihozlangan. Zamonaviy tashxis qurilmalari (3 Tesla MRI eng zamonaviy tomografi, 128-Slice CT kompyuter tomografi, Robotlashtirilgan Angiografik Tizim) amaliyot vaqtining o‘zida tadqiqot o‘tkazish imkonini beradi, bu esa davolash jarayoni samarasini bir necha barobarga oshirish, bemorlarni og‘ir asoratlar rivojlanishi va takroriy jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zaruratidan himoyalashda qo‘l keladi.

Bu noyob infratuzilma shifokorlarga neyrojarrohlik, kardiovaskulyar jarrohlik, ortopediya va otolaringologiya sohalaridagi o‘ta murakkab amaliyotlarni o‘tkazishda yuqori natijalarga erishishda yordam beradi. Masalan, shifokor uning yordamida operatsiya vaqtida bosh miya o‘simtasi butunlay olib tashlanganini tekshirishi mumkin.

Tibbiy xizmatlarning yuqori darajasi

Acibadem Altunizade klinikasi Turkiyadagi eng zamonaviy Onkologiya markaziga ega. U salbiy va bunday bo‘lmagan o‘simtalarni davolash bilan shug‘ullanadi, bunda onkojarrohlik, kimyo terapiyasi, radioterapiya, yodoterapiya, tomoterapiya, immunoterapiya, targetli terapiya, hujayralar terapiyasi – suyak iligini ko‘chirib o‘tkazishning eng zamonaviy usullaridan foydalaniladi.

Tibbiyot muassasasi bazasida turli ilg‘or tajribaga ixtisoslashtirilgan markazlar ishlaydi: Neyrojarrohlik markazi, Ko‘krak bezi saratonini davlat klinikasi, Ortopediya va travmatologiya markazi, shuningdek, Intervension neyroradiologik jarrohlik markazi, robotlashtirilgan jarrohlik markazi, ildiz hujayra markazi bilan kooperatsiyada ishlovchi Suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish markazi, Limfedema markazi, Fizioterapiya markazi, hujayra terapiyasi markazi, homiladorlikni saqlab qolish markazi, Stomatologiya markazi, Akusherlik va ginekologiya markazi, Angiografiya markazi, Radioaktiv yod bilan davolash markazi va EKO markazi.

Noyob texnologiyalar

Acibadem Altunizade klinikasida jahondagi eng zamonaviy texnologiyalar yig‘ilgan bo‘lib, ular butun dunyo bo‘ylab bir necha tibbiyot markazidagina taqdim etilgan.

Gamma Knife ICON so‘nggi avloddagi noyob qurilmasi stereotaktik radiojarrohlikda “oltin standart” deb hisoblanadi hamda bosh miya o‘simtalari va miya-vaskulyar kasalliklarni ochiq jarrohlik aralashuvisiz bitta seans davomida davolashi mumkin. Bemorlar og‘riq sezishmaydi, anesteziya, chandiq, operatsiyadan keyingi asoratlar va uzoq tiklanish kabi narsalardan qutuladi. Jarayon yuqori professional mutaxassislar jamoasi boshchiligida amalga oshiriladi, ular Gamma Knife qurilmasi yoramida 6000 dan ortiq amaliyotlarni o‘tkazishgan.

Turkiyadagi birinchi TomoTherapy innovatsion uskunasi tomoterapiyani o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 santimetrdan katta bo‘lgan yoki xavf hududida joylashgan eng qiyin o‘simtalarni ham organizm sog‘lom to‘qimalariga zarar keltirmay bir seansda yo‘qotish imkonini beradi.

Truebeam mashhur texnologiyasining zamonaviy versiyasi – Vitalbeam o‘z ichiga radiatsiya onkologiyasining eng yaxshi texnologiyalarini qamrab olgan bo‘lib, butun organizmdagi ehtimoliy o‘simtalarni yuqori samara va aniqlikda davolash uchun qo‘llaniladi.

Acibadem Altunizade klinikasida bo‘lajak davolash samarasi bog‘liq bo‘lgan kasalliklar diagnostikasiga alohida e’tibor qaratiladi. Uni o‘tkazish uchun bu yerda eng ilg‘or diagnostika texnologiyalari jamlangan. Ular orasida — FORCE CT eng zamonaviy ko‘p funksional tomografiya tizimi (u a’zolar va to‘qimalar tasvirini minimal radiatsion ta’sir orqali yuqori kenglikda olish imkonini beradi, bu esa bolalarda katta o‘rin tutadi), Sliding CT zamonaviy diagnostika qurilmasi bor (u amaliyot vaqtida kompyuter tomografiyasini o‘tkazish imkonini beradi, bu esa uning natijadorligini bir necha barobarga oshiradi).

Acibadem Altunizade’da qo‘llaniluvchi Da Vinchi jarrohlik roboti shifokor boshqaruvi ostida onkologiya, ginekologiya, semizlik va boshqa kasalliklarda minimal kesish orqali murakkab operatsiyalarni o‘tkazishga qodir. Bemorlar og‘riq, chandiq, qon ketishi, asoratlar va amaliyotdan so‘ng uzoq muddatli tiklanish kabi narsalardan xavotir olmasalar ham bo‘ladi, shuningdek, ular uyga tezroq qaytib ketishlari ham mumkin bo‘ladi.

Barcha xizmatlar bir joyda

Acibadem Altunizade’ning har bir bo‘limi kerakli infratuzilma bilan jihozlangan, bu bemorlar bir joyning o‘zida barcha tibbiy xizmatlarni olishlarida qo‘l keladi hamda vaqtni iqtisod qilib, salomatlikni tiklash jarayonini tezlashtiradi.

Tez yordam xizmati zamonaviy diagnostika texnologiyasi bo‘lgan va tadqiqotlarni tezlikda o‘tkazish, kerak bo‘lgan holatlarda jarrohlik amaliyotini olib borish uchun o‘z amaliyotxonasiga ega. Check Up organizmni tekshirish uchun markazlar ham salomatlik holatini tez va to‘la diagnostika qilish uchun barcha kerakli narsaga ega: ularda bir vaqtning o‘zida shifokor ko‘rigi, turli test va tahlillar, ultatovush va rentgent tadqiqoti o‘tkaziladi. Buning natijasida Acibadem bemorlari xonama-xona yurish va navbatda turish kabi narsalar haqida o‘ylashmasa ham bo‘ladi.

Noyob servis va qulaylik

Acibadem Altunizade klinikasida bemorlar va ularning yaqinlari o‘zlarini maksimal darajada qulay va xavfsiz his etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Klinikaning barcha bo‘limlarida umumiy va VIP-salonlarga ega, televizorlar, simsiz internet, vaqtni chog‘ o‘tkazishga mo‘ljallangan uqalovchi o‘rindiqlar bilan jihozlangan maxsus kutish hududlari tashkil etilgan, shuningdek, bemorlar yaqinlarini xabardor qiluvchi xonalar bor. Tibbiyot muassasasida, shuningdek, kafe, suvenirlar do‘koni, kitoblar va turli mahsulotlar, bank bo‘limi ham bor. Yuqori malakali xodimlar klinikaga tashrif buyurganlarga yordam ko‘rsatish uchun har doim tayyorlar.

Acibadem Altunizade’da tashrif buyurganlarga qulaylik maqsadida maxsus Beacon mobil ilovasi yaratilgan, u tibbiyot muassasida kerakli joyga borishda yordam beradi hamda vaqtni tejashga hissa qo‘shadi. U klinikaga kirishda telefonga xabar va kerakli shifokorga qanday borish bo‘yicha yo‘riqnoma jo‘natadi. Bu noyob servis tufayli shifokorlar va xizmat ko‘rsatish ishchilari bemorni tibbiyot muassasiga kelishini kuzatishlari mumkin.

Bemorlar klinika bo‘ylab harakatlanishi uchun turli transfer turlari, xususan aeroportdagi kabi avtomatlashtirilgan harakatlanish o‘rindiqlari ko‘zda tutilgan.

Bolalar uchun maxsus sharoitlar

Acibadem Altunizade klinikasida kichik bemorlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu yerda ularning qulayligi uchun kompleksli Pediatriya bo‘limi ishlamoqda hamda u barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun kerakli barcha narsalar bilan jihozlangan. Bolalar bo‘limi alohida kirish qismi, ko‘rik va amaliyot kabinetlari joylashgan maxsus hududlarga ega tez yordam xizmati, alohida avtomobil qoldirish joylariga egadir. Klinikada, shuningdek, bolalar uchun o‘yin xonalari ham bor.

Xorijiy bemorlar haqida qayg‘urish

Acibadem Altunizade’da xorijiy bemorlar bilan ishlash markazi tashkil etilgan bo‘lib, u xorijdan kelganlar haqida ular uyga qaytib ketguniga qadar qayg‘uradi. Ko‘plab tillarda gaplasha oluvchi yuqori malakali tarjimonlar bemorlarga shifokorlar bilan muloqot qilish hamda turli masalalarni hal etishda yordam berib boradi. Ular, shuningdek, turli tillarda taqdim etilgan Beacon klinika bo‘yicha mobil navigatoridan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, xorijiy bemorlar uchun alohida terrasa, dam olish hududi, kompyuter xonalari bor. Ularga aeroportdan klinikagacha va teskari yo‘nalish bo‘ylab bepul avtomobil taqdim etiladi.

Noyob infratuzilma

Acibadem Altunizade klinikasi “intellektual binolar” turkumiga kiradi: u yuqori texnologiyalar asosida loyihalashtirilgan hamda qurilgan, bunda avtomatlashtirilgan energiya va havo ta’minoti tizimlaridan tortib, xavfsizlikni nazorat qilish bo‘yicha tizim alohida o‘ylab chiqilgan. Tibbiyot markazi shuningdek LEED (The Leadership in Energy & Environmental Design) ekologik sertifikatiga ega, u energiya samaradorligi va yuqori ekologik daraja ko‘rsatkichlaridan dalolat beradi. Klinika havo tozalash, energiya, suv hamda boshqa resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha noyob tizimlar bilan jihozlangan hamda atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rmoqda. Masalan, unda oddiy qog‘ozdan foydalanilmaydigan hujjat aylanishi qo‘llaniladi.

Hozirning o‘zida bizga murojaat qiling!

Siz bizga so‘nggi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bo‘lgan kasallik tarixingizni elektron manzil yoki Acibadem sayti orqali yuborib, ACIBADEM shifokorlaridan kasallik va uni davolash usullari haqida bepul maslahat olish imkoniga egasiz.

Veb-sayt: www.acibadem.com.ru

e-mail: international@Acibadem.com.tr

Tel.: +99895 144 54 45; +99890 907 65 81

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют