» » Janubiy Koreya Yaponiyaning Tokto orollariga da’vosi tufayli, unga norozilik bildirdi

Janubiy Koreya Yaponiyaning Tokto orollariga da’vosi tufayli, unga norozilik bildirdi


Koreya Respublikasi Yaponiyaning Tokto (Takesima) bahsli orollariga da’vosi tufayli, unga norozilik bildirdi, deb yozadi “TASS”. Bunga rasmiy Tokioning maktab o‘quvchilarini o‘qitishning yangi qoidalarini ma’qullash qarori sabab bo‘ldi, ularga ko‘ra, o‘quvchilarga Tokto arxipelagi azaldan Yaponiya hududi deb hisoblanishi tushuntirilishi kerak.

“Koreya Respublikasi hukumati Yaponiya hukumatini ushbu qadami uchun qoralaydi va biz uning zudlik bilan bekor qilinishini talab qilamiz”, — deyiladi tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda.

“Biz Yaponiyani ogohlantiramizki, agar u ushbu qoidalarni kuchda qoldirsa, maktab o‘quvchilarining keyingi avlodi soxta tarixni o‘rganadi”, — deya ta’kidladi vazirlik.

Yangi darsliklarni yozish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi qoidalar 2020-yildan kuchga kirishi taxmin etilmoqda.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют