» » Ekspertlar AQSh neft qazib olish sohasini ayanchli kelajak kutayotganini ma’lum qildi

Ekspertlar AQSh neft qazib olish sohasini ayanchli kelajak kutayotganini ma’lum qildi


Slanes neftini qazib olish bo‘yicha Amerika korxonalarining muammosi strukturaviy xarakterga ega bo‘lib, barrel narxining o‘n dollarga ko‘tarilishi ham uni hal etmaydi. Bu haqda ekspertlar fikriga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyi ichida AQShda neft qazib olish salkam bir foizgagina o‘sgan, butun yil davomida esa ushbu ko‘rsatkich qariyb yetti foizga teng.

Mavzuga doir: Neft narxi bir barrel uchun 70 dollarga tushib ketdi 

Ko‘rsatkichlarning pasayishiga burg‘ulangan eksi quduqlardan neft qazib olishning qisqarishi, shuningdek, yangilarini ochishga yaroqlilikning kamligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Joriy yilda burg‘ulangan quduqlar o‘tgan yilgiga nisbatan 12 foiz, 2017-yilga nisbatan 16 foiz kam neft bergan. Shu sababli kompaniyalar quduqlarni burg‘ulashga ko‘proq mablag‘ ajratishga majbur bo‘lmoqda, bu esa ortiqcha chiqim degani.

Mavzuga doir: Saudi Aramco’ga hujumlardan so‘ng Brent markasidagi neft narxi 13,8 foizgacha ko‘tarildi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020-yilga borib neft narxi o‘zgarmasa (hozirda WTI markali neftlar — 60 dollar), kuniga uzog‘i bilan 480 ming barrel qazib olinadi. Agarda narx 70 dollarga ko‘tarilsa, neft qazib olish sutkasiga 700 ming barrelgacha yetadi. Bu ham 2018-yilga nisbatan sezilarli darajada kam demakdir.

Avvalroq, AQSh Energetika vazirligi o‘z hisobotida Rossiya 2050-yilga borib neft qazib olishda yetakchiga aylanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni shahzodasi Eron neft narxi keskin o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют