» » Dream City Development O‘zbekistonning o‘qituvchi va murabbiylarini tabriklaydi

Dream City Development O‘zbekistonning o‘qituvchi va murabbiylarini tabriklaydi


Har yili 1-oktabr O‘zbekistonda sahovat, insonparvarlik va donolik bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanadi. Dream City Development kompaniyasi respublikamizdagi barcha ushbu kasb egalarini bayram bilan muborakbod etadi.

Shubhasiz, o‘qituvchi – bu eng sharafli va muhim kasb bo‘lib, ular o‘z Vataniga munosib yosh avlodni tarbiyalashdek muhim mas’uliyatli vazifani bajarishmoqda.  Quruvchilar singari ular yoshlarimizning kelgusida barkamol, ijtimoiy va intellektual salohiyatga boy holda rivojlanib, voyaga yetishishlarida “zamin yaratadilar”.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda va bu davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – malakali kadrlar tayyorlashning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlar eng yaxshi natijalarga olib keldi. Ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalar, elektron darsliklar, video va audio darslar joriy etildi, shu bilan birga yangi maktablar ham bunyod etildi.

Shubhasiz, har bir kishi, nima bilan shug‘ullanishidan va qanday lavozimda bo‘lishidan qat’iy nazar, mustaqil hayotga poydevor qo‘ygan va ustozlik qilgan ustoz va murabbiylari oldida qarzdorlik hissini sezadi. Ularning yosh avlodni ma’nan yetuk shaxs qilib tarbiyalash kabi ulkan xizmatlari bebahodir.

Mazkur mashaqqatli kasbni tanlagan va uni munosib bajarayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarni ushbu kun bilan tabriklash bizning katta va maroqli burchimizdir.

Aziz ustozlar, sizlarga cheksiz hurmat ila o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz davomida farzandlarimizga bilim berishda davom etyapsizlar, ularga murakkab ulkan hayotga qadam qo‘yishlarida ko‘maklashmoqdasizlar, chunki sizlarning to‘g‘ri maslahatlaringiz va dono pand-nasihatlaringiz, shubhasiz, ular uchun hayotda foyda beradi.

Biz sizlarning mehnatingizni qadrlaymiz va chin yurakdan samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Hurmat bilan, Dream City Development.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют