» » “Real Madrid” bilan o‘yinga ikki hafta qolganida “Bavariya”ning ikki darvozaboni jarohat oldi

“Real Madrid” bilan o‘yinga ikki hafta qolganida “Bavariya”ning ikki darvozaboni jarohat oldi


Myunxenning “Bavariya” klubida ikkinchi darvozabon Sven Ulrayx ham jarohat oldi. Posbon o‘ziga qadar jarohat orttirib olgan asosiy darvozabon Manuel Noyerning o‘rnini bosishi kutilayotgandi.

Myunxen nashrlarining yozishicha, Ulrayx mashg‘ulot paytida lat yegan. Shu boisdan ham u Bundesliganing navbatdagi turida ishtirok eta olmasligi mumkin. Svenning Bundesligada so‘nggi bor ko‘rinish berishi 2016-yilning may oyiga to‘g‘ri keladi. Shundan buyon Noyer raqobatchilariga imkoniyat bermay kelayotgandi.

Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, uchinchi darvozabon Tom Shtarke asosiy tarkibda ko‘rinish beradi. Mazkur posbon so‘nggi bor 2014-yilning mart oyida Bundesligada o‘ynagan. Shundan buyon zaxira o‘rindig‘ini isitib keladi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l olishi uchun “Bavariya” Madridning “Real” klubi dovonidan o‘tib olishi kerak. Tomonlarning ilk to‘qnashuvi 12-aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют