» » Xitoy paradda eng yangi qit’alararo ballistik raketani namoyish etdi

Xitoy paradda eng yangi qit’alararo ballistik raketani namoyish etdi


Mavzuga doir: Pekinda Xitoyning 70 yilligiga bag‘ishlangan yirik parad o‘tkazilmoqda (video)

Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda Pekin eng yangi DF-41 (“Dunfen-41”, “Sharq shamoli”) qit’alararo ballistik raketani namoyish etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xitoy 1-oktabr kuni o‘z tarixi davomida eng yirik parad o‘tkazmoqda. Unda Xitoy Xalq ozodlik armiyasidan qariyb 15 ming askar, 580 dona texnika, 160 samolyot va vertolyotlar jalb etilgan. Paradda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ishtirok etmoqda.

Mavzuga doir: Si Szinpin: “Dunyodagi biror kuch Xitoyning rivojlanishini to‘xtata olmaydi”

Raketaning keng ommaga namoyishi 2009-yildagi paradda kutilgan, biroq bu ro‘y bermagan edi. Qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan uch pog‘onali DF-41’ni ishlab chiqarish Xitoyda 1980-yillarda boshlab yuborilgan, raketani sinovdan o‘tkazish 2012-yilda amalga oshirilgan.

DF-41 turli manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, 12 mingdan 14 ming kilometrgacha bo‘lgan masofaga ucha oladi. U 6 tadan 10 tagacha manyovrni amalga oshiruvchi alohida bosh qismlarni tashiy oladi va aynan shu jihat uni tutib olishni qiyinlashtiradi. Raketa uzunligi 21 metrga yetadi, korpus aylanasi esa 2,2—2,5 metrni tashkil etadi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan qutladi

Raketani yer ustidagi hamda temir yo‘ldagi harakatlanuvchi platforma, shaxtadagi ishga tushirish moslamalari orqali uchirish mumkin. Turli manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, nishonga olish aniqligi 100 dan 500 metrgacha masofani tashkil etadi.

AP’ning xabar berishicha, yangi ballistik raketa AQSh va uning ittifoqdoshlari tomonidan keng yo‘lga qo‘yilgan barcha raketalarga qarshi qalqonlarni teshib o‘tishga qodir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют