» » Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilindi

Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilindi


Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Barkamol avlod” respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari” tashkil etildi.

Mavzuga doir: Yana o‘quvchi bo‘lib qolging keladi! Prezident maktabiga sayohat (fotoreportaj)

Qarorga ko‘ra, 2020-2023-yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazalari” tashkil etiladi.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab “STEAM — ta’lim” dasturi joriy etiladi.

Qarorga muvofiq, “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020-yil 1-yanvarda direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun 1,55 baravarga, to‘garak rahbari uhcun 1,5 baravarga oshiriladi. Instruktor-uslubchilar va uslubchilarning mehnatiga haq to‘lash bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi hamda ularning bazaviy tarif stavkalari to‘garak rahbarlarinikiga tenglashtiriladi.

“STEAM — ta’lim” dasturida tabiiy fanlar (Science), texnologiyalar (Technology), texnik ijodkorlik (Engineering), san’at (Art), matematika (Mathematics) yo‘nalishlaridagi darslar ingliz tilida olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют