» » Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook’dagi sahifasini buzib kirdi

Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook’dagi sahifasini buzib kirdi


Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook’dagi sahifasini buzib kirdi va unga davlat rahbarining “iste’fosi munosabati bilan uyushtiriladigan kecha”ga taklifnomani joylashtirdi. Bu haqda 30-mart, payshanba kuni Europe1 radiostansiyasi ma’lum qildi.

Joylashtirilgan e’longa ko‘ra, tadbir 7-may kuni 20:00 da Yelisey saroyida bo‘lib o‘tishi lozim.

BFMTV’ning ta’kidlashicha, post prezidentning sahifasida bir soatga yaqin turgan, shundan keyin o‘chirib tashlangan. Xakerlik hujumi ortida “Fransua Ollandning iste’fosi uchun” harakati aktivistlari turganligi taxmin qilinmoqda.

Fransiyada prezidentlik saylovlari 23-aprel va 7-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Fransua Ollandning vakolatlari muddati 15-may kuni tugaydi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют