» » Eron Isroilni yo‘q qilishni erishib bo‘ladigan maqsad deb atadi

Eron Isroilni yo‘q qilishni erishib bo‘ladigan maqsad deb atadi


Eron Inqilobi qo‘riqchilari korpusining bosh qo‘mondoni general-mayor Husayn Salomiy Isroilni yo‘q qilish “erishib bo‘ladigan maqsad” ekanligini aytdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Uning aytishicha, Eron islom inqilobidan so‘ng 40 yil o‘tgach “sionistlar tuzumini yo‘q qilish qobiliyatiga” ega bo‘lganligini ta’kidladi. Salomiyning qo‘shimcha qilishicha, yahudiylar davlati yer yuzidan yo‘q qilinishi kerak va bu “endi orzu emas”.

Nashrning qayd etishicha, general-mayor Tehronda bo‘lib o‘tgan Eron Inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonlarining uchrashuvida shunday bayonot bergan. Bu Eron hamda AQSh va uning ittifoqchilari o‘rtasida kuchayib borayotgan ziddiyat sharoitida aytildi.

Sentabr oyida Eron Isroilni IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblagan edi.

Avgust oyida esa Isroil va BAA Eronga qarshi kurash yo‘llarini muhokama qilish uchun bir necha maxfiy uchrashuvlar o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Muzokaralar davomida tomonlar “Tehron tomonidan kuchayib borayotgan tahdidga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirgan va axborot almashgan”.

AQSh va Eron munosabatlari 2018-yilning may oyi boshida Tramp Vashington 2015-yilgi yadro bitimidan chiqishini e’lon qilgani va Tehronga qarshi sanksiyalarni yangilaganidan so‘ng keskinlashgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют