» » Superliga. “Lokomotiv” “Qizilqum”ni yuta olmadi, “Paxtakor” va “Navbahor”da esa g‘alaba

Superliga. “Lokomotiv” “Qizilqum”ni yuta olmadi, “Paxtakor” va “Navbahor”da esa g‘alaba


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasida 1-oktabr, seshanba kuni 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muddatidan avval musobaqa chempioniga aylangan Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “sherlar” hujumchisi igor Sergeyev (21, 55) dublga erishgan bo‘lsa, Doston Hamdamov ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Paxtakor” o‘z uyida kechgan bahsda “So‘g‘diyona” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Toshkent klubi ochkolari sonini 59 taga yetkazib oldi. “So‘g‘diyona” esa 32 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Samvel Babayan boshqaruvidagi Toshkentning boshqa bir klubi “Lokomotiv” safarda Navoiyning “Qizilqum”iga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 61-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Lasha Totadze penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib “temiryo‘lchilar” a’zosi Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni yenglashtirdi.

Bahs yakuniga ko‘ra “Lokomotiv” mehmonda “Qizilqum” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va bir ochkoga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, toshkentliklar 38 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band qilib turibdi. 13-o‘rinda borayotgan “Qizilqum” hisobida esa 19 ochko mavjud.

Shu kuni Namanganning “Navbahor” jamoasi Samarqandning “Dinamo”si bilan bellashdi.

Uchrashuvdagi yagona yagona gol 73-daqiqada penaltidan urildi. Unga Namangan klubi hujumchisi Aleksandr Kasyan mualliflik qildi.

Shu tariqa “Navbahor” o‘z maydonida “Dinamo”dan kichik hisobda ustun keldi.

Qayd etish joiz, “Navbahor” 29 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-pog‘onada bormoqda. So‘nggi o‘rindagi “Dinamo” esa 18 ochko jamg‘argan.

Superliga

21-tur bahslari

1-oktabr, seshanba

Gollar: 1:0 — 21 Igor Sergeyev, 2:0 — 55 Igor Sergeyev, 3:0 — 89 Doston Hamdamov

Gollar: 1:0 — 61, penalti Lasha Totadze, 1:1 — 90 Islom To‘xtaxo‘jayev

Gol: 1:0 — 73, penalti Aleksandr Kasyan

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют