» » Eron prezidentining ukasi besh yilga qamaldi

Eron prezidentining ukasi besh yilga qamaldi


Eron sudi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Husayn Fereydunni korrupsiya uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Eron oliy sudi rasmiy vakili G‘ulom Husayn Ismoiliyning so‘zlariga asoslanib, “Kommersant” xabar berdi.

“Husayn Fereydun besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi”, — deya undan iqtibos keltirdi Fars agentligi.

Fereydun 2017-yil iyulda hibsga olingan edi. Tergov unga nisbatan e’lon qilingan ayblovlarning barcha tafsilotlarini ma’lum qilmayapti. Fereydun hibsga olingan vaqtda Eron prezidentining maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют