» » Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki maktab direktori o‘rinbosari halok bo‘ldi

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki maktab direktori o‘rinbosari halok bo‘ldi


Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimining tungi selektor yig‘ilishiga ketayotgan ikki maktab direktori o‘rinbosari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 29-sentabr kuni soat 20:45 larda Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli maktab direktori o‘rinbosari M.D. Nexia rusumli avtomashinasini Qo‘qon shahri tomon boshqarib ketayotib, yo‘lni o‘rtasiga o‘rnatilgan beton to‘siq ustiga chiqib ketganligi va yo‘lni yorituvchi temir stolbaga urilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonidan yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in natijasida avtomashina haydovchisi hamda old o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi — Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 26-sonli maktab direktori o‘rinbosari U.Sh.lar voqea joyida halok bo‘lgan. Orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchilar Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-sonli maktab direktori o‘rinbosari T.L. va Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limi qorovuli M.B. tan jarohati olgan hamda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma’lumotlarda Xalq ta’limi bo‘limi xodimlari viloyat hokimiyatiga kechki selektor yig‘ilishiga chaqirtirilganligi ko‘rsatilgan, biroq o‘rganishlar jarayonida shu kuni, ya’ni 29-sentabrda Farg‘ona viloyati hokimligida yig‘ilish yoki selektor o‘tkazilishi belgilanmaganligi, shuningdek, yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi va yo‘lovchilar o‘zlarining shaxsiy yumushlari bilan Dang‘ara tumanidan Qo‘qon shahriga ketishayotganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют