» » Samarqandda 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Epica pastlikka quladi (video)

Samarqandda 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Epica pastlikka quladi (video)


1-oktabr kuni soat 00:30 lar atrofida Samarqand shahar Ibn Sino ko‘chasida Epica rusumidagi avtomobil jarlikka quladi. Bu haqda Samarqand shahar IIO FMB YHXB “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1995-yilda tug‘ilgan D.D. ismli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan avtomobil boshqaruvni yo‘qotishi natijasida beton to‘siqqa borib urilgan va oqibatda pastlikka ag‘darilib ketgan.

Natijada haydovchi va salon ichida bo‘lgan, 1994-yilda tug‘ilgan A.D. ismli yo‘lovchi tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanishga yetkazilgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют