» » Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari e’tiroziga sababchi bo‘lgan boshliq ishdan olindi

Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari e’tiroziga sababchi bo‘lgan boshliq ishdan olindi


Qashqadaryo viloyatida tez tibbiy yordam haydovchilari e’tiroziga sababchi bo‘lgan avtoxo‘jalik boshlig‘i ishdan olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev tez tibbiy yordam haydovchilari ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Haydovchilarning bergan xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 27-sentabrdagi buyrug‘iga asosan avtoxo‘jalik boshlig‘i Naim Halilov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu xabarga izoh berishni istamagan.

26-sentabr kuni sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligida 200 nafarga yaqin tez tibbiy yordam haydovchilari yig‘ilgan va viloyat hokimi o‘rinbosari bilan muloqot qilgan. Haydovchilar e’tirozini tinglagan hokim o‘rinbosari ikki kun muddatda avtoxo‘jalik rahbarini ishdan olish yuzasidan ko‘rsatma bergan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili Nuriddin Egamov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda avtoxo‘jalik rahbarining ishdan olinish yoki olinmasligi Qarshi shahar prokuraturasining yakuniy xulosasiga bog‘liqligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:

“Yonilg‘i uchun oyligimizdan ushlab qolishadi”. Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari avtoxo‘jalik rahbariyatidan norozi

Qashqadaryoda yonilg‘i uchun tez tibbiy yordam haydovchilari oyligidan ushlab qolinayotganini prokuratura o‘rganmoqda

Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari rahbarlari ishdan bo‘shatilishini talab qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют