» » O‘zbekistondagi g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotini bekor qilishni so‘radi

O‘zbekistondagi g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotini bekor qilishni so‘radi


O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi hukumat va parlamentga g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan murojaatnoma bilan chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yillar davomida aholini arzon un va non bilan ta’minlash masalasi g‘alla yetishtirish va uni qayta ishlashning davlat tomonidan qat’iyan boshqarilishi va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan g‘allaning bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qilish tamoyillari asosida hal qilinib kelindi.

Natijada, fermer xo‘jaliklarining hosildorlikni oshirish va g‘alla yetishtirish hajmini ko‘paytirishga qiziqishi pasayib, xarajatlarni faqat davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar doirasida amalga oshirib, qo‘shimcha daromad olish uchun o‘z mablag‘larini yo‘naltirishdan manfaatdorligi bo‘lmadi.

Shu bilan birga, arzon unning katta qismi amalda aholining tegishli qatlamlariga yetib bormasdan bozor narxlarida sotildi, ya’ni qo‘yilgan maqsad — aholining manzilli ijtimoiy himoyasi ta’minlanmagani, o‘z navbatida, donni qayta ishlash korxonalarida va savdo tashkilotlarida suiiste’mol qilish holatlari ham uchrayotgani aytilgan.

“Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan bir tonna g‘allaning xarid narxi 1 million 200 ming so‘m miqdorida belgilanishi va hosildorlikdan kelib chiqib 25 foizgacha ustama haq to‘lanishi natijasida g‘allaning o‘rtacha narxi 1 million 420 ming so‘mni tashkil etdi. Bir so‘z bilan aytganda, fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligi oshib, hosildorlik o‘sdi va fermerlar tarixda birinchi marotaba o‘z mehnati samarasini ko‘rdilar.

Lekin, g‘alla xarid narxlari bozor narxlariga yaqinlashtirilgan sharoitda, bir qator don korxonalari fermer xo‘jaliklaridan qabul qilgan g‘alla uchun hisob-kitobni yakuniga yetkaza olmayaptilar”, — deyiladi murojaatda.

Buning sababi don korxonalari bug‘doyni bozor narxida xarid qilib, qayta ishlashdan tayyorlangan unning 1 kilosi uchun 1400 so‘mdan, ya’ni Hukumat tomonidan belgilab qo‘yilgan qat’iy narxda sotilishi bilan izohlanmoqda.

G‘alla yetishtiruvchilarning fikricha, davlat xaridlari bo‘yicha fermerlarning g‘allasiga past narx belgilab, uning arzon bahoda sotilish mexanizmi fermerlar va don korxonalariga iqtisodiy manfaatdorlik keltirmaydi. Ularni g‘alla hosildorligini oshirishga rag‘batlantirmaydi.

“Narxlar erkinlashtirilishi bozordagi don va un narxining ma’lum darajada oshishiga, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy ehtiyojmand aholi xarajatlari oshishiga olib kelishini yaxshi tushunamiz. Shu sababli bu ijtimoiy masala ham hukumat tomonidan zudlik bilan ko‘rib chiqilishi va tegishli choralar belgilanishi kerak deb hisoblaymiz”, — deb ta’kidlangan murojaatda.

Murojaatda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi dehqonlarning g‘alla yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ularning o‘z mehnatlariga yarasha daromad olishlari va shu orqali ularning g‘alla yetishtirish hajmlarini ko‘paytirishga qiziqishlari ortishini ta’minlash maqsadida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют