» » Toshkent bozorida laboratoriya xodimlari tekshirish uchun normadan ortiqcha mahsulot olib, tekshirilganligi to‘g‘risida xulosa berib kelgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent bozorida laboratoriya xodimlari tekshirish uchun normadan ortiqcha mahsulot olib, tekshirilganligi to‘g‘risida xulosa berib kelgani ma’lum bo‘ldi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Navro‘z dehqon bozori” hududidagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlarining noqonuniy ishlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departamentining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “Navro‘z dehqon bozori” AJ hududidagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bozor hududida tuxum, sut va sut mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga, laboratoriya tekshiruv o‘tkazmasdan, har kuni mahsulot sifati tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosani berib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ulardan veterinariya-sanitariya ekspertizasi o‘tkazish qoidalarida ko‘zda tutilgan normalardan ortiqcha mahsulotlar olib, 2019-yilning avgust oyiga qadar jami 20 500 dona tuxum hamda sut va sut mahsulotlarini tamagirlik yo‘li bilan olib kelganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan “Navro‘z dehqon bozori” AJ hududidagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harkatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyati hokimligi tomonidan “rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan”, deb taqdim etilgan hujjatlarining soxta va yolg‘onligi fosh qilingan edi. Lekin hokimlik mas’ul shaxslarining xatti-harakatiga Bosh prokuratura munosabat bildirmay kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют