» » Shirin shahrida 4 ta sektor rahbari ishdan olindi

Shirin shahrida 4 ta sektor rahbari ishdan olindi


2-oktabr, chorshanba kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Shirin shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiri Abdulla Tursunov, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Hotamov, Bosh prokuratura kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Qahramon Mirsoatov hamda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirziyod Mahkamov, viloyat tashkilot rahbarlari, shahar hokimligi xodimlari, tashkilot korxona rahbarlari, mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari ishtirok etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev so‘zga chiqib, shaharda olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy holatga tanqidiy baho berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Bunda 4 ta sektor rahbarlari faoliyatiga baho berilib, deputatlar orasida muhokama qilindi. Shu vaqtga qadar Shirin shahar hokimi bo‘lgan Ilhom Begaliyev faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 2017-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Abdug‘affor Hojimatov Shirin shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Abdug‘affor Hojimatov 1967-yil Namangan viloyati, Uychi tumanida tug‘ilgan, avval Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti boshqarmasida faoliyat yuritgan. 2017—2019-yillarda viloyat hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Chingiz Mahmudov Shirin shahar prokurori, Zahiriddin Sobirov Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Husniddin Qobilov Shirin shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют