» » Facebook asoschisi TikTok’ni o‘xshash dastur yordamida ortda qoldirmoqchi

Facebook asoschisi TikTok’ni o‘xshash dastur yordamida ortda qoldirmoqchi


Facebook asoschisi Mark Sukerberg o‘z kompaniyasi xodimlariga ommabop TikTok dasturini unga o‘xshash dasturini yordamida ortda qoldirishni rejalashtirgani aytib berdi. Bu haqda The Verge’ga tayanib, “Kod.ru” xabar berdi.

The Verge joriy yilning iyul oyida Sukerbergning Facebook xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan ichki yig‘ilishining audioyozuvini qo‘lga kiritgan. Mazkur audioyozuvdan ma’lum bo‘lishicha, Sukerberg xodimlaridan birining ommabop TikTok xizmati bilan qanday kurashishni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob bera turib, kompaniya qisqa videoroliklar xizmati bilan xuddi shunday vazifaga ega bo‘lgan Lasso mobil dasturi yordamida raqobat qiladi.

Facebook asoschisining so‘zlariga ko‘ra, TikTok keng tarqalgan mamlakatlarda u bilan raqobatga kirishishdan oldin, Lasso TikTok hali keng tarqalmagan mamlakatlarda ishlay olishi yoki yo‘qligi ko‘rib chiqiladi. Uning fikricha, vaziyatni o‘rganish va TikTok’dan o‘zib ketish uchun vaqt bor.

Lasso 2018-yilda taqdim etilgan. Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, dastur TikTok hali mustahkam o‘rnashmagan mamlakatlarda ishga tushiriladi, masalan, Meksikada.

Sukerberg TikTok’ning yoshlar orasida, xususan, AQSh va Hindistonda ommalashayotganini tan olgan.

TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. 2016-yilning sentabr oyida ishga tushirilgan dastur Xitoyda qisqa videolar bo‘yicha yetakchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Dastur dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ommalashib, eng ko‘p yuklanadigan dasturlardan biriga aylanmoqda. Ayni paytda dasturdan 150 ta mamlakatda 500 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Dastur foydalanuvchilari asosan o‘smirlar hisoblanadi. Dastur Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan 2016-yilning sentabr oyida ichki bozor uchun Douyin nomi ostida ishga tushirilgan. Keyinchalik dasturning nusxasi TikTok nomi ostida xalqaro bozor uchun ishga tushirilgan. Bu kompaniyaga o‘z mamlakati qonunlarini buzmagan holda xalqaro miqyosda rivojlanishga imkon berdi.

Avvalroq Facebook postga munosabat va layklar soni hisoblagichini yashirib qo‘yishni boshlagan edi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют