» » Valentina Matviyenko O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi mumkinligini ma’lum qildi

Valentina Matviyenko O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi mumkinligini ma’lum qildi


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiyaning Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Prezidenti bir qarorga keldi va hozir O‘zbekistonni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — degan Matviyenko Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuv chog‘ida.

Matviyenkoning umid qilishicha, O‘zbekiston va Rossiya ittifoq doirasida hamkorlik qila olishi uchun buni tasdiqlash jarayoni uzoqqa cho‘zilmaydi Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII a’zosiga aylanishi Rossiya bilan aloqalar rivojiga yangi turtki beradi va bu orqali hozirda mavjud ba’zi to‘siqlarni bartaraf etadi.

Mavzuga doir:  Shavkat Mirziyoyevning Lukashenko bilan muzokaralarida O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligi masalasi ham ko‘rib chiqildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют