» » Microsoft ikki ekranli yig‘ma planshetni taqdim etdi (video)

Microsoft ikki ekranli yig‘ma planshetni taqdim etdi (video)


Microsoft korporatsiyasi Nyu-Yorkdagi taqdimot vaqtida ikki ekranli Surface Neo planshetini taqdim etdi. Ekranlarning har biri to‘qqiz dyuymdan iborat va yig‘ilgan vaqtda Moleskine metall bloknotiga o‘xshaydi, deb xabar beradi Meduza.

Neo yig‘ma ekranlar uchun mo‘ljallangan maxsus operatsion tizim — Windows 10X’da ishlaydi. Planshetdan foydalanishni foydalanuvchining o‘zi hal qiladi: qurilmadan ikki tomoni ekran bo‘lgan ochilgan holatda yoki har birini alohida ishlatish mumkin. Qurilma uchun alohida maxsus klaviatura ham ishlab chiqilgan.

Microsoft ushbu planshetlarni 2020-yilning oxiriga qadar sotuvga chiqarish niyatida. Hozircha kompaniya qurilmaning narxini ham, texnik tavsifini ham oshkor etmadi.

Surface Neo bilan birgalikda Microsoft Office bilan hamkorlikda ishlay oladigan Surface Earbuds simsiz quloqchinlari ham taqdim etildi. Masalan, uning yordamida taqdimotdagi slaydlarni o‘zgartirish, real vaqtda tarjimondan foydalanish mumkin. Simsiz qurilma bir marta quvvatlanish orqali 24 soat ishlay oladi. Surface Earbuds narxi 249 dollar.

Bundan tashqari, Microsoft tezkor quvvatlanish xususiyatiga ega Surface Laptop 3 noutbukini ham taqdim etdi. U bir soat ichida 80 foizga quvvatlana oladi. 13,5 va 15 dyuymli versiyalari protsessorlari bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchisiga Intel’ning to‘rt yadroli o‘ninchi avlodi o‘rnatilgan bo‘lsa, ikkinchisiga — AMD Ryzen Surface Edition o‘rnatilgan. 13,5 dyuymli noutbukning narxi 999 dollar, 15 dyuymlisiniki esa 1199 dollardan boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют