» » Shavkat Mirziyoyev qurilish tashkilotlarini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidan chiqarishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev qurilish tashkilotlarini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidan chiqarishni taklif qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda reklama qurilmalarini umumiy foydalanishdagi yo‘llarga joylashtirish uchun ruxsat berish vakolatini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga o‘tkazish taklif etildi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llari sohasini tubdan isloh qilish uchun manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzib, 2020—2030-yillarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Bu strategiyada, avvalo, avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish choralari belgilanadi.

Hozirda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida ham buyurtmachi, ham pudratchi, ham ekspluatatsiya qilish funksiyalari to‘planib qolgani oqibatida tizimdagi korxonalar xalqaro loyihalarda ishtirok eta olmayapti. Shu bois qurilish tashkilotlarini qo‘mita tarkibidan chiqarib, ular negizida “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, xususiy sheriklar ishtirokida tezkor avtobanlar qurishga katta e’tibor qaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev yo‘llar sifatini oshirishni loyihalashtirishdan boshlash kerakligini ta’kidladi. Buning uchun loyiha tashkilotlarini ko‘paytirish, ularning moddiy-texnika bazasini va kadrlar tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 12:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют