» » O‘zbekiston birja bozorida ko‘plab tovarlarning narxi pasaygani kuzatildi

O‘zbekiston birja bozorida ko‘plab tovarlarning narxi pasaygani kuzatildi


2019-yil 23—27-sentabr kunlari O‘zRTXB AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarning ustuvor ravishda pasayishi kuzatildi.

Jumladan, 3720,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 3402,5 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7 foizga pasayib, bir tonnasi uchun 6409,7 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 14,5 milliard so‘mlik 4771,0 tonna suyultirilgan gaz sotdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 6,7 foizga pasayib, bir tonna uchun 3037,5 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘xshash tendensiya qora metall bozorida ham kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 2,2 foizga pasaydi va bir tonnasi uchun 5000,7 ming so‘mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallarning hajmi jami 7,4 ming tonnani tashkil qilgan.

Sement bozori kichik o‘sishni ko‘rsatmoqda. PS M-400 D-20 markali sement bo‘yicha haftalik kotirovka bir tonna uchun 485,5 ming so‘m miqdorida belgilanib, avvalgi haftaga nisbatan 0,7 foizga o‘sdi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni bir tonna uchun o‘rtacha narx 401,0—602,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Paxta tolasi bozorida narxlar trendi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 2,7 foizga pasayib, bir tonna uchun 12,9 million so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,4 million so‘mdan 13,4 million so‘mgacha bo‘ldi.

Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan F-0120 polietilenning bir tonna uchun narxi 12,6 million so‘mni tashkil etib, 2,8 foizga pasaydi. O‘tgan haftada birjada jami 2,8 ming tonna polietilen sotilgan.

O‘tgan haftada karbamid narxi ko‘tarilishi kuzatildi. So‘nggi savdo haftasida karbamid bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 2,8 foizga o‘sib, bir tonnasi uchun 1811,0 ming so‘mni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 21,0 ming tonna mineral o‘g‘itlar sotildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют