» » Andijonda 2 yoshli farzandini 18 mln so‘mga Qirg‘izistonga pullayotgan ayol qo‘lga olindi

Andijonda 2 yoshli farzandini 18 mln so‘mga Qirg‘izistonga pullayotgan ayol qo‘lga olindi


2017-yilning 17-fevral kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 2 yoshli qizini kelgusida Qirg‘iziston Respublikasiga aylanma yo‘llar bilan olib chiqib ketilish shartiga rozi bo‘lib, pullagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya”siga Andijon viloyati bojxona boshqarmasi surishtiruv bo‘limi boshlig‘i Akrom Ahlimirzayev ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Tezkor tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, Buloqboshi tumanida yashovchi Mirkomilova Gulchiroy o‘zining 2015-yilda tug‘ilgan qiz farzandini kelgusida Qirg‘iziston Respublikasiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy olib chiqib ketilishiga rozilik bildirgan holda 9 millionga sotayotgan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (Odam savdosi. v) v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jinoyatning sodir etilishiga asosiy sabab eng avvalo, oilaviy muhitning yaxshi emasligi, fuqaroning turmushidan ajralganligi, qolaversa, joylardagi mahalla faollari tomonidan yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligidir”, — deydi A.Ahlimirzayev.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol farzandi uchun 18 millionni ikkiga bo‘lgan holda olmoqchi bo‘lgan.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют