» » Pinngle bepul messenjeri muloqotni osonlashtiradi

Pinngle bepul messenjeri muloqotni osonlashtiradi


1985-yilda sotuvga chiqarilgan birinchi mobil telefon faqat bitta musiqa va diod chiroqli displeyga ega bo‘lib, og‘irligi 800 grammni tashkil etgan. U faqat 30 ta raqamni “eslab qolgan”, akkumulyatorining zaryadi esa bor-yo‘g‘i 35 daqiqaga yetgan. DynaTAC deb nomlanuvchi ushbu telefonning narxi 3 995 dollar turgan. Telefonning mag‘rur (va juda badavlat) egalari esa undan qo‘ng‘iroq qilish va  SMS yuborish bilan birga mushaklarini ham mashq qildirishi mumkin edi.

Mobil telefonlar uzoq vaqt davomida beso‘naqay bo‘lgan, ular g‘ishtni eslatgan (ularni shunday atashgan ham). Biroq odamlar hamyonbop va funksional smartfonlarga ega bo‘lganidan keyin, internetdan bemalol foydalanish imkoni tug‘ildi, yashash osonlashdi va hatto quvnoqroq bo‘la boshladi.

Biz endilikda mobil telefon orqali xaridlar va xizmatlarga to‘lash, internetni “kezish”, “fludlash”, “trollash” mumkinligiga to‘xtalib o‘tirmaymiz. Balki eng muhim va yaqqol ko‘zga tashlanuvchi narsa – odamlar orasidagi ijtimoiy aloqalar haqida so‘z yuritamiz. Bunday aloqalarni o‘rnatish va ushlab turish hozir juda osonlashgan.

Agar siz o‘tgan asrning 80-yillarida tug‘ilgan bo‘lsangiz, uzoqda bo‘lgan paytingizda o‘zingiz haqida yaqinlaringizga xabar berish qay darajada qiyin bo‘lganini yaxshi bilasiz. Variantlar juda kam bo‘lgan: qimmat turuvchi shaharlararo aloqa, telegramma, xat tashuvchi kaptarlar va h.k. Bugun esa u xoh yo‘lning narigi betida istiqomat qiluvchi qo‘shningiz bo‘lsin, xoh sizdan minglab kilometr uzoqda yashovchi ota-onangiz bo‘lsin, istagan kishingiz bilan istagan joyingizdan turib deyarli bepul bog‘lanishingiz mumkin (ayniqsa Wi-Fi bilan qamrab olingan zonalarda ). Bog‘langanda ham doimiy rejimda, sutkaning istalgan paytida muloqot qilish imkoniyati mavjud.

Biz olislarga ketganimizda ham do‘stlarimiz va oilamiz bilan yaqinlikni yo‘qotmaymiz – yaqinlarimizning ovozini va chehrasini istalgan paytda va xohlagan joyda eshitishimiz va ko‘rishimiz mumkin*. Yaqinlarimizning yonida bo‘lmasak ham ular bilan aloqani ushlab turish juda muhim. Chunki aksariyat hollarda bizdan uzoqda bo‘lgan yaqin kishilarimizning maslahati, qo‘llab-quvvatlashi, shirin so‘zi biz uchun katta ahamiyat kasb etadi…

Biz o‘zaro muhim fayllar bilan almashgan, katta hajmdagi ma’lumotlarni jo‘natgan va olgan holda xorijlik hamkorlarimiz bilan ishlaymiz, bunda ma’lumotlarning begonalar tomonidan o‘qilishidan xavfsiramaymiz**. Boshqa mamlakatlar va mintaqalardagi hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun odamlar yaqin-yaqingacha xizmat safariga borar va  unga vaqti, kuchi va pulini sarflardi. Endi esa guruhli chatlar mavjud***: unda siz aytilgan har bir so‘zni eshitasiz, shartnomalar imzolangunga qadar uchrashishning iloji bo‘lmaganida, ishning muhim jihatlarini kelishib olasiz. Tadbirkorlikni sifatli, o‘zingizning va hamkorlaringizning vaqtini tejagan holda amalga oshirish – bu hozirgi texnologiyalar bizga in’om etgan bebaho ustunlikdir.

Internet “nol”da bo‘lganida nima qilish mumkin? Siz turgan joyda aloqa sifati yomonmi, yoki internet-trafigingiz kam qolganmi, yoki smartfon batareyasining quvvati tugayaptimi? Zamonaviy yuqori texnologik ilovalar real holatlarga moslasha oladi, kuchsiz internet sharoitlarida ham juda yaxshi ishlaydi, internet-trafigingizni va hatto telefoningizning quvvatini ham tejaydi****.

Pinngle – sifati yomon internetga moslashtirilgan, boshqa messenjerlar ishlamaydigan joyda ham video- va audio-aloqa formatida yaxshi ishlaydigan bepul messenjerlardan biri. Uning o‘zbekistonlik va dunyoning turli burchaklarida yashovchi foydalanuvchilar baho berishga ulgurgan boshqa afzalliklari ham bor.

Sinab ko‘ring! Ilovani YuKLASh:

* Pinngle — universal ilova: u messenjerning barcha imkoniyatlarini taqdim etadi, masalan bepul chat, Pinngle foydalanuvchilari orasida xabarlar, fotosuratlar, fayllar, joylashuvlar va boshqa ma’lumotlar bilan tez almashish.

Pinngle “Nakleykalar do‘koni” O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus ruknni ochdi, unda O‘zbekistonni, uning madaniyati va tarixini, an’analari va urf-odatlari, taomlari va turmushini qadrlovchi kishilar uchun yaratilgan mavzuli stikerlar to‘plami taqdim etilgan.  Stikerlar to‘plamidagi alohida mavzu esa “O‘zbekfilm”da suratga olingan kinofilmlarga  bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu seriyadagi har bir stiker kinodan olingan yorqin kadr va mashhur iboradan iborat. 

** Pinngle — xavfsiz va maxfiy: messenjerda xavfsizlikning yuqori darajasi ko‘zda tutilgan bo‘lib, verifikatsiya telefoningizga yuboriladigan SMS yoki audio-qo‘ng‘iroq orqali amalga oshiriladi. Siz sozlanmalardan foydalanishingiz va o‘z maqomingiz hamda xabarlar maqomini boshqarishingiz, blokirovka qilingan kontaktlarning qora ro‘yxatini tuzishingiz, Pinngle’ga qo‘shilgan yangi foydalanuvchilar haqida bildirgilar olishingiz mumkin.

*** Pinngle’da jamoaviy chatlar funksiyasi joriy etilgan — siz matnlar, audio- va videoxabarlar bilan almashish, do‘stlar, tanishlar, xodimlar va hamkorlar bilan muloqot qilish uchun guruhli chatlarni yaratishingiz mumkin. Buning uchun ekrandagi “plyus” belgisini bosing, bir nechta zarur kontaktlarni tanlang va guruhli chatni boshlab yuboring.

Pinngle juda oson ishlaydi: ro‘yxatdan o‘tishning oddiy protsedurasi, qulay va oson funksional hatto texnikani yaxshi bilmaydigan foydalanuvchilar uchun ham tushunarli. Siz Pinngle’ga qo‘shilgan holda abonentlarni bevosita o‘z kontaktlaringiz ro‘yxatidan yoki Telegram’dan taklif qilishingiz mumkin.

Pinngle qulay ishlaydi: bir vaqtning o‘zida bir nechta messenjerni ishlatadigan foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Pinngle bilan ishlaganda apparat qizib ketmaydi. Buning ustiga  chapaqay foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun Pinngle’da klaviaturani o‘zgartirish funksiyasi mavjud.

**** Pinngle  tejamkor: ilova telefoningizning quvvatini (boshqa analoglar bilan solishtirganda 1,5 baravar ko‘proq ishlay boshlaydi) va internet-trafigingizni tejaydi. Agar past trafik rejimini yoqsangiz, internet iste’moli aloqa sifatini yo‘qotmagan holda minimumgacha pasayadi. Eng asosiysi esa Pinngle O‘zbekiston va dunyoning istalgan hududida kuchsiz internet sharoitlarida ham ishlaydi.

Pinngle butun dunyo bo‘ylab, kuchsiz internetga ega mintaqalarda va hatto internet-trafik almashinuvi cheklangan va boshqa messenjerlar o‘chirilgan mamlakatlarda ham tarmoqqa chiqish imkonini beruvchi algoritmni ishlab chiqdi. Siz sayyoramizning istalgan nuqtasidan turib faol tarzda ishlashingiz, o‘qishingiz, hordiq chiqarishingiz mumkin.

Pinngle O‘zbekistonning eng chekka hududlarida kuchsiz internet sharoitlarida ham barqaror ishlaydi va yuqori yechimdagi HD formatida audio- va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Pinngle o‘tkazish qobiliyati past bo‘lgan GPRS/EDGE/2G uyali aloqa tarmoqlarida ovoz sifatini va surat pikselizatsiyasini yo‘qotmagan holda ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, internet tezligi qanchalik past bo‘lmasin, aloqa sifati har doim a’lo darajada bo‘ladi!

Chunki Pinngle boshqa messenjerlar ishlamaydigan joyda ham ishlaydi! 

Ilovani YuKLASh:

 

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (31-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют