» » O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida xalqaro savdo markazi yaratiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida xalqaro savdo markazi yaratiladi


Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo markazi Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Qayrat Torebayev ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi asosiy strategik sherigi O‘zbekiston hisoblanadi. Umumiy qiymati 210 million dollar bo‘lgan 70 turdagi mahsulotni O‘zbekistonda ishlab chiqarish mumkin, deb ta’kidlanadi vazirlik tomonidan.

Qayrat Torebayevning aytishicha, O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo markazi loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, muzokaralarning bir necha raundi bo‘lib o‘tgan va mazkur xalqaro markaz uchun beshta joy tanlab olingan. Xalqaro markazning maqsadi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegarada kichik ulgurji va chakana savdoning yangi formatini yo‘lga qo‘yish, xalqaro turizmni rivojlantirish, logistika xizmatlarini yaxshilash va chegaraviy biznes kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.

Loyihani amalga oshirish bosqichida 10 ming ishchi o‘rni, savdo markazi ishga tushganidan keyin esa 40 ming ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют