» » DXX Andijon viloyati boshqarmasi Qirg‘izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi

DXX Andijon viloyati boshqarmasi Qirg‘izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi


DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1989-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Nurmat Isoqov 6,318 kilogramm “gashish” giyohvandlik moddasini Farg‘ona viloyatiga olib ketayotgan vaqtida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Aniqlanishicha, Nurmat Isoqov Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatiga borib, tanishlaridan mazkur giyohvand moddani 13200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, shundan 2000 AQSh dollarini ularga bergan. Og‘uni Andijon viloyati hududida qabul qilib olganidan so‘ng, yana 3000 AQSh dollari berib yuborishini, pulning qolgan qismini esa giyohvandlik moddasini sotganidan so‘ng berishini aytgan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Nurmat Isoqov hamtovog‘i 1985-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan Shuhratjon Mahmudov orqali 2900 AQSh dollarini qirg‘izistonlik tanishlariga berib yuborgan.

Shundan so‘ng kontrabanda yo‘li bilan Andijon viloyati hududiga olib kirilgan “gashish” giyohvandlik moddasini qabul qilib olgan.

Bundan tashqari, DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbir jarayonida Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi Nozimjon G‘aniyev, Mahammatdiyor Qodirov va Asaka shahrida yashovchi Sarvar Toirov qo‘lga olinib, ulardan jami 616 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют