» » Gonkongning bo‘lajak rahbari lavozimiga “asal oyisiz” kirishadi

Gonkongning bo‘lajak rahbari lavozimiga “asal oyisiz” kirishadi


2017-yil 26-mart kuni Gonkong rahbarligiga saylovlarda bungacha Gonkong bosh kotibi lavozimini egallab kelgan 59 yoshli Kerri Lem g‘olib bo‘ldi, deb yozadi Forbes.

Lem uchun 1194 nafar saylovchining 777 nafari ovoz berdi, natijada u aholi ko‘proq qo‘llab-quvvatlagan sobiq moliya kotibi Jon Sangdan o‘zib ketdi.

Kerri Lem Gonkong ma’muriyatining turli pog‘onalarida ishlab o‘z karyerasini qurgan. Endi eng baland nuqtaga chiqib olgach, u bir vaqtning o‘zida uning g‘alabasidan unchalik mamnun bo‘lmagan aholi ishonchini qozonishi va so‘nggi o‘n yillikda Osiyodagi yana bir moliyaviy markaz — Singapur tomonidan kuchli raqobatga duch kelgan Gonkongning raqobatbardoshliligini ham oshirishi kerak.

Lem o‘z vazifasiga 1-iyul — Gonkongning Buyuk Britaniyadan Xitoy nazorati ostiga qaytganiga 20 yil to‘ladigan kunda kirishadi. “U Gonkong jamoatchiligi bilan bir kun ham ‘asal oyi’ o‘tkazmaydi, — dedi Gonkong Xitoyga berilganidan so‘ng uning bosh kotibi lavozimida ishlagan Anson Chan. — Ishonch darajasi hozirgidek bo‘lib turgan vaqtda u tezkorlik bilan vaziyatni to‘g‘rilamasa va jamoatchilik ishonchini qozonmasa, Gonkongni boshqarish u uchun qiyin bo‘ladi”.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют