» » Bortida chaqaloq vafot etgan samolyot Volgogradga favqulodda qo‘ndi

Bortida chaqaloq vafot etgan samolyot Volgogradga favqulodda qo‘ndi


3-oktabr kuni Checheniston poytaxti Grozniydan Moskva tomon uchgan samolyot Volgograd aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga samolyot bortidagi emizikli bolaning vafot etgani sabab bo‘lgan, deb xabar beradi Meduza.

Volgograd Sog‘liqni saqlash qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ikki oylik chaqaloqning vafot etishiga tug‘ma kasalligi sabab bo‘lgan. Chaqaloqni Moskvaga davolatish uchun olib ketishayotgan bo‘lgan, unga reanimatolog shifokorlar hamrohlik qilgan. Parvoz vaqtida qizaloqning ahvoli og‘irlashib qolgan, shifokorlar unga yordam ko‘rsata olmagan.

Samolyot qo‘ngach, chaqaloq Volgograddagi shifoxonaga klinik o‘lim holatida olib borilgan. Shifoxonadagi jonlantirish tadbirlari ham unga yordam bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют