» » Sirdaryo viloyati ta’lim sifati bo‘yicha namunali hududga aylantirilayotgani bois barcha maktablar xatlovdan o‘tkaziladi

Sirdaryo viloyati ta’lim sifati bo‘yicha namunali hududga aylantirilayotgani bois barcha maktablar xatlovdan o‘tkaziladi


Shavkat Mirziyoyev huzurida 16-sentabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati. Jumladan, ta’lim sifati bo‘yicha Sirdaryo viloyatini namunali hududga aylantirish tashabbusi ilgari surildi.

Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida 2-oktabr kuni Sirdaryo viloyat hokimligida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov raisligida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Tashkenbayev, Davlat test markazi direktori Majid Karimov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojiyevlardan iborat Respublika ishchi guruhining tashkiliy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda birinchi navbatda viloyatda mavjud 309 ta maktablarni xatlovdan o‘tkazish, ularning moddiy-texnika bazasi ahvolini o‘rganish, maktab direktorlarining menejerlik qobiliyatlari va bilimlari, 13 ming nafardan ortiq fan metodistlari va o‘qituvchilar hamda 9 ming nafarga yaqin o‘quvchilarning bilim darajalarini aniqlangan holda viloyat xalq ta’limi tizimining bugungi kundagi real holatini baholash vazifasi muhokama qilindi.

Shu maqsadda Davlat test markazi tomonidan viloyatdagi xalq ta’limi boshqaruvi organlari xodimlari va maktab direktorlarining rahbarlik qobiliyati, metodist va o‘qituvchilarning tegishli fan bo‘yicha bilimlarini test sinovidan o‘tkazish hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan maktab o‘quvchilarining bilim darajasini yozma ishlar orqali o‘rganish belgilandi.

“O‘rganish natijalari har tomonlama tahlil qilinib, ular asosida har bir maktab, tuman (shahar) kesimida hamda viloyat va Respublika darajasida Sirdaryo viloyatida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan ‘yo‘l xaritalari’ ishlab chiqiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют