» » Toshkentda yo‘lda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yo‘lda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi


Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, “Ibn Sino” mahallasi, THAY ko‘chasida harakatlanib ketayotgan HOWO yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.

Yong‘in 3-oktabr kuni soat taxminan 19:50 da sodir bo‘lgan bo‘lib, voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari 4 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:08 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida fuqaro E.N. boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasining salon qismi yonib zararlangan. Yong‘inda tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘inga yuk avtomobilining elektr tizimidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Audi, Nukus ko‘chasida Damas mashinasi yonib ketgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют