» » Vladimir Putin tanqid qilgan shvetsiyalik o‘smir qiz Twitter’dagi profilini o‘zgartirib qo‘ydi

Vladimir Putin tanqid qilgan shvetsiyalik o‘smir qiz Twitter’dagi profilini o‘zgartirib qo‘ydi


Mavzuga doir: Vladimir Putin BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan 16 yoshli qizni tanqid qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMTning iqlim bo‘yicha sammitida nutq so‘zlagan 16 yoshli ekologiya himoyachisi Greta Tunbergni tanqid qilganidan keyin shvetsiyalik o‘smir qiz Twitter’dagi profilini o‘zgartirdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Endi Tunbergning profilida taxminan shunday yozilgan: “Ezgu niyatli, ammo hayot haqida noto‘g‘ri ma’lumot olgan qiz”.

Mavzuga doir: BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan qizaloq Greta Tunberg kim va u nimaga erishmoqchi?

Avval Turnberg profilida “Nurli va ajoyib kelajak umididagi juda baxtiyor qiz” yozuvini joylashtirgandi. Bunday ta’rifni Gretaga u BMT bosh assambleyasida nutq so‘zlaganidan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp bergandi.

Mavzuga doir: Shvetsiyalik 16 yoshli maktab o‘quvchisi Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Greta Tunberg — 2018-yilda maktabga borish o‘rniga shved parlamenti binosi oldiga kelib, iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etishni so‘rab norozilik bildirgan o‘smir qiz. Uning tashabbusi keyinchalik har jumada bo‘lib o‘tadigan “Kelajak nomidan juma” (FridaysForFuture) xalqaro iqlim namoyishlariga aylanib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют