» » Jizzaxda mast erkak otasini pichoqlab o‘ldirdi

Jizzaxda mast erkak otasini pichoqlab o‘ldirdi


Jizzaxda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida kelib chiqqan janjal ayanchli yakun topdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

3-oktabr kuni soat 16:00 larda 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. otasi 1964-yilda tug‘ilgan M.A. bilan Jizzax shahri “Madaniyat” mahallasida spirtli ichimlik ichgan, ularning o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. T.M. oshxona pichog‘i bilan otasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib jarohat yetkazgan. Jarohat oqibatida M.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan shu kuni T.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют