» » AQShda elektron sigaretlar chekish oqibatida o‘pka kasalligiga chalinganlar soni 1000 kishidan oshdi

AQShda elektron sigaretlar chekish oqibatida o‘pka kasalligiga chalinganlar soni 1000 kishidan oshdi


AQShda elektron sigaretlar yoki veyplar chekish oqibatida g‘ayrioddiy o‘pka kasalligiga chalinganlar soni 1080 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi “Xastaliklar nazorati va profilaktikasi bo‘yicha markaz” ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Kasallik AQShning 48 ta shtatida qayd etilgan.

O‘tgan haftada gap shunday kasallik bilan bog‘liq 805 ta holat haqida ketayotgandi. Xastalikdan vafot etganlar soni ham 12 kishidan 18 kishigacha ko‘paydi.

Xastalikka chalinganlarning 80 foizi 35 yoshdan kichik bo‘lganlar, 16 foizi esa 18 yoshga yetmaganlar ekanligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют