» » Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi

Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Toshkent—Termiz” yo‘lining 82 kilometrida M.S. boshqaruvida harakatlanib ketayotgan “ZIL-130” yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 2-oktabr, chorshanba kuni soat 20:26 larda yuz bergan.

Qayd etilishcha, voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:42 da o‘rab olinib, soat 21:00 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining saloni, motor qismi va old shinalari yonib zararlangan. Bundan tashqari yuk mashinasi haydovchisi 27 yoshli M.S. va ikki nafar 27 yoshli yo‘lovchi: S.I. va N.A. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga doir: 

Toshkentda yo‘lda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют