» » Benksining Britaniya parlamenti mazax qilingan kartinasi 12 mln dollarga sotildi. Bu ko‘cha musavviri asarlari uchun yangi rekord

Benksining Britaniya parlamenti mazax qilingan kartinasi 12 mln dollarga sotildi. Bu ko‘cha musavviri asarlari uchun yangi rekord


Britaniyalik ko‘cha musavviri Benksining mahalliy parlament mazax qilingan kartinasi Londondagi Sotheby’s auksionida 9,9 million funt sterlingga (12,2 million dollar) sotildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Ayanchli parlament” deb nomlangan kartinada Vakillar palatasida majlis qurayotgan shimpanze maymunlari aks etgan. 4,2 ga 2,5 metrli kartina 2009-yilda chizilgan bo‘lib, Benksining eng katta asari hisoblanadi.

Auksiondagi savdolar 3-oktabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi va 13 daqiqaga cho‘zildi. Yakuniy baho dastlabki narxdan 5 barobar ortiq bo‘ldi va Benksi ishlari qiymati borasida yangi rekordga aylandi.

Oldingi rekord 2008-yili Sotheby’s auksionining Nyu-Yorkdagi savdolari chog‘ida o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda “Dog‘ tushirmaganlik” kartinasi 1,9 million dollarga sotilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют