» » Xonanda Munisa Rizayeva “Milliy TV” telekanalida “taqiq”qa uchragani yolg‘on ekanligini aytdi

Xonanda Munisa Rizayeva “Milliy TV” telekanalida “taqiq”qa uchragani yolg‘on ekanligini aytdi


Xonandalar Munisa Rizayeva va Rayhonning kliplari “Milliy TV” telekanali efiridan olib tashlangani haqida xabar berilgan edi. Munisa Rizayeva mazkur xabarga Instagram’dagi sahifasi orqali munosabat bildirdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

“Milliy” telekanali efiridan Rayhon va Munisaning kliplari olib tashlandi deb hamma joyda shov-shuv bo‘lib ketdi. Hammasi yolg‘on. Bizning kliplarimiz va ashulalarimiz hamma joyda Xudoga shukur aylanib turibdi.

Munisa Rizayeva, xonanda

Xonanda bu kabi “piar” kimga kerak ekanligini yozib, jurnalistlarni to‘g‘ri ma’lumot berishga chaqiradi. Munisa Rizayeva turli haqoratli izohlar yozib qoldirayotgan internet foydalanuvchilaridan ham ranjiganini aytadi.

Bugun men va Rayhon odamlarni yozgan izohlarini ko‘rib hayratlandik, sizlar bizlarni shunchalar yomon ko‘rasizlarmi? Ertalabdan kechgacha biz san’atkorlar uxlamasdan muxlislarimiz uchun ijod qilsak, nahotki bizning shuncha xizmatimizni har xil haqoratlar bilan internet tarmoqlari orqali yomon izohlar qoldiryapsizlar. Ko‘rmasdan turib birovga tuhmat qilish bu katta gunoh hisoblanadi!

Munisa Rizayeva, xonanda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют