» » Almazbek Atambayev “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ozod etilishiga aloqadorlikda ayblandi

Almazbek Atambayev “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ozod etilishiga aloqadorlikda ayblandi


Bishkekning Pervomaysk tuman sudiga “qonundagi o‘g‘ri” Aziz Batukayev ozod etilishi holati bo‘yicha jinoiy ish ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.

Qirg‘iziston IIV Tergov xizmati olib borgan tekshiruv davomida mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga “Uyushgan jinoiy guruh manfaati yo‘lida korrupsiyaga qo‘l urish” moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgani haqida ogohlantiruv taqdim etilgan.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari qidiruvga berildi

Mazkur jinoiy ish Bosh prokuratura ixtiyoriga kelib tushdi. O‘rganishlar natijasida prokuratura tomonidan Almazbek Atambayev, sobiq bosh prokuror Indira Joldubayeva, Jazoni ijro etish davlat xizmati sobiq maslahatchisi Kalibek Kachkinaliyev va Gematologiya markazi rahbari Abduhalim Raimjanovga nisbatan ayblov akti tasdiqlangan va topshirilgan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonning sobiq prokurori “qonundagi o‘g‘ri”ni ozod qilgani uchun qo‘lga olindi

“Ayblov akti Bosh prokuror Qirg‘izistonning sobiq prokurori “qonundagi o‘g‘ri”ni ozod qilgani uchun qo‘lga olindio‘rinbosari tomonidan imzolangan. Shu paytdan boshlab ushbu 4 kishi ayblanuvchi hisoblanadi”, — dedi Atambayevning advokati Sergey Slesarev.

Millati chechen bo‘lgan va 1966-yili To‘qmoq shahrida tug‘ilgan Aziz Batukayev 1990-yillarda Qirg‘izistondagi yirik jinoiy guruh yetakchisi bo‘lgan. 2014-yilda uni qamoqdan chiqarib olib, maxsus bort bilan Chechenistonga yuborilgan. Jinoiy ish materiallarida keltirilishicha, “qonundagi o‘g‘ri” qamoqxonadan sobiq prezidentning bevosita ko‘rsatmasiga binoan ozod qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют