» » Qirg‘iziston bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq bosh vazir o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq bosh vazir o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi


Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Davlat ro‘yxatga olish xizmati rahbari, mamlakatning sobiq bosh vazir o‘rinbosari Tayirbek Sarpashevga nisbatan lavozimini suiiste’mol etishda gumon qilib, jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Jinoiy ish 2013-yili, Sarpashev bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab turgan paytda 8 million som (117 ming dollar) qiymatidagi fuqarolik holati dalolatnomalari blanklari xarid qilish uchun tender o‘tkazilishi bo‘yicha qo‘zg‘atildi.

“Sarpashev Davlat ro‘yxatga olish xizmati rahbariyatiga blanklarni tender g‘olibidan emas, tanlovda yutqazgan ikkinchi kompaniyadan sotib olish haqida ko‘rsatma beradi. Keyinchalik mazkur blanklar noto‘g‘ri tayyorlangani, ularning mikromatnida ‘Tug‘ilganlik haqida guvohnoma’ o‘rniga ‘Nikohni qayd etish guvohnomasi’ deb yozilgani aniqlandi”, — deya ma’lum qildi prokuratura matbuot xizmati.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, bunday tug‘ilganlik guvohnomalari berilganidan so‘ng Davlat ro‘yxatga olish xizmatiga fuqarolardan blanklardagi xatolik boshqa davlatlar chegarasini kesib o‘tishda muammolar tug‘dirayotgani, Qirg‘izistonga qaytib kelishga majbur bo‘layotganlari haqidagi salkam 12 mingta shikoyat kelib tushdi.

Bugungi kungacha respublikadagi FHDYO bo‘limlari tomonidan 11690 ta guvohnoma almashtirib berildi, qolgan 28310 ta guvohnoma ham kelgusida almashtirib berilishi lozim. Bosh prokuratura bunday xato blanklar taqdim etilishi orqali 40 ming bola va ularning ota-onalari, shuningdek, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazilganini bildirdi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют