» » RPL. Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” SSKAni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

RPL. Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” SSKAni mag‘lubiyatga uchratdi (video)


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer ligasining 12-turida 6-oktabr, yakshanba kuni Valeriy Karpin qo‘l ostidagi “Rostov” jamoasi Moskvada SSKAga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida mehmon jamoa vakillari Xoren Bayramyan (11, 44) va Eldor Shomurodov (61) tomonidan urilgan gollarga moskvaliklar Nikola Vlashich (90)ning penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Rostov” mehmonda kechgan bahsda SSKA ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi..

Ushbu g‘alabadan so‘ng Karpin jamoasi ochkolari sonini 26 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida yetkachilik qilmoqda. SSKA esa 25 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etish joiz, mazkur o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan Shomurodov hisobidagi gollari soni 10 taga yetdi va u to‘purarlar bahsida “Krilya Sovetov” hujumchisi Aleksandr Sobolev bilan yetkachilikni bo‘lishib turibdi. Bundan tashqari Eldor joriy mavsum 2 ta golli uzatma berishga ham erishdi.

RPL

12-tur bahsi

6-oktabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 11 Bayramyan, 0:2 — 44 Bayramyan, 0:3 — 61 Shomurodov, 1:3 — 90, penalti Vlashich.

SSKA: Akinfeyev, Sharliya, Gogua (Lukas Santos, 46), Diveyev, Fernandes, Vlashich, Ahmedov (Bistrovich, 89), Kuchayev, Oblyakov, Sigurdsson (Biyol, 67), Chalov

“Rostov”: Baburin, Xajikadunich, Chernov, Chistyakov, Kozlov, Popov, Bayramyan (Logashov, 77), Glebov (Zaynutdinov, 58), Normann, Ionov (Saplinov, 85), Shomurodov

Ogohlantirishlar: Glebov (12), Fernandes (30), Saplinov (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют