» » A Seriya. “Roma” o‘z maydonida, “Napoli” esa mehmonda ochko yo‘qotdi (video)

A Seriya. “Roma” o‘z maydonida, “Napoli” esa mehmonda ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 7-turi doirasida 6-oktabr, yakshanba kuni 5 ta bellashuv yakunlandi.

Paulu Fonseka qol ostidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qildi.

O‘yinning 26-daqiqasida mehmon jamoa yarim himoyachisi Joao Pedro penaltidan rimliklar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib “Kalyari” himoyachisi Luka Cheppitelli avtogol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Roma” o‘z uyida “Kalyari” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va 1 ochkoga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Roma” 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. “Kalyari” esa 11 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” Turinda “Torino”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, “Napoli” 13 ochko to‘plab 4-o‘rinni band qilib turibdi. 9-o‘rinda borayotgan “Torino” hisobida esa 10 ochko mavjud.

A Seriya

7-tur bahslari

6-oktabr, yakshanba

Gol: 1:0 — 72 Milenkovich

Gollar: 1:0 — 35 Sapata, 2:0 — 40 Gomes, 3:0 — 56 Gosens, 3:1 — 86 Luchoni

Gollar: 1:0 — 21 Kreychi, 1:1 — 23 Immobile, 2:1 — 31 Palasio, 2:2 — 39 Immobile

Gollar: 0:1 — 26, penalti Joao Pedro, 1:1 — 31, avtogol Cheppitelli

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют