» » O‘zga ayol bilan “ishqiy sahnalari”ni tarqatib yubormaslik uchun 50 ming dollar so‘ragan tovlamachilar qo‘lga olindi

O‘zga ayol bilan “ishqiy sahnalari”ni tarqatib yubormaslik uchun 50 ming dollar so‘ragan tovlamachilar qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tovlamachilik yo‘li bilan 50 ming AQSh dollarini ishlab olishga uringan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda departament matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh shaxslar B.S. ismli fuqaroning bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan holatini videoga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ular B.S.dan bu video tarqab ketmasligi uchun 50 ming AQSh dollari talab qilgan.

Jabrlanuvchi tomonidan tovlamachilarga belgilangan summa topshirilayotgan vaqtda ular ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют