» » Amudaryo tumanida paxta terimida ilg‘orlik ko‘rsatgan fermer xo‘jaligi raisiga Cobalt berildi

Amudaryo tumanida paxta terimida ilg‘orlik ko‘rsatgan fermer xo‘jaligi raisiga Cobalt berildi


Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani Kuyuk ko‘pir ovulidagi “Sardor suvchi” fermer xo‘jaligi raisi O‘rinboy Matyakubov eng ilg‘or fermer sifatida tuman hokimligi tomonidan Cobalt avtomashinasi bilan taqdirlandi.

O‘zAning xabar berishicha, mazkur fermer xo‘jaligi hududdagi fermer xo‘jaliklari ichida eng yuqori hosildorlikka erishgan. Tuman fermerlari shu kungacha rejadagi 32 ming 250 tonna paxtaning 28 ming tonnadan ortig‘ini yig‘ib-terib olib, kontraktatsiya shartnomasini salkam 90 foizga bajargan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldoshev ishtirok etib, paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan hasharchilarga tuman hokimligi nomidan minnatdorchilik bilidirgan. Faol terimchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. “Sardor suvchi” fermer xo‘jaligi raisi O‘rinboy Matyakubovga Cobalt avtomashinasi berilgan.

Bundan avval Andijon viloyati hokimligi bir kunda yarim tonna paxta tergan ayolga Spark, to‘rt kunda 2,5 tonna paxta tergan oilaga Nexia sovg‘a qilgan edi.

Mavzuga doir:

Toshkent viloyatida esa paxta terimiga chiqqan 92 yoshli onaxonga televizor berilgan va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют