» » Surxondaryoda erkak o‘qituvchi xotini va direktorni pichoqladi. Voqea maktabda sodir bo‘ldi

Surxondaryoda erkak o‘qituvchi xotini va direktorni pichoqladi. Voqea maktabda sodir bo‘ldi


Surxondaryodagi maktabda rafiqasi bilan janjallashgan erkak, xotini va ularni ajratmoqchi bo‘lgan direktorga pichoq urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 5-oktabr kuni soat 08:30 larda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-maktabda 37 yoshli B.Y. turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan. So‘ng ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktorining ham tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, qasddan o‘ldirishga harakat qilgan.

Holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi 1-qismi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir: Farg‘onada badgumon er xotinini asossiz pichoqladi. Ekspertiza uning ruhiyatida buzilish aniqladi

Hozirda B.Y. protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют